IMIR JOBS- xalqaro mehnat, ish joylari bilan ta’minlash va ish beruvchilar uchun hodimlarni saralash agentligi 2016 yilda tashkil topgan.
IMIR JOBS ish joylari bilan ta’minlash va hodimlarni saralab olish bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi o’zbek kompaniyalari orasida barqaror yetakchi o’rinni egallagan agentlik hisoblanadi. IMIR JOBS bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan bo’lib, kompaniyaning bo’limlari va hamkorlari nafaqat O’zbekiston, balki Yevropa va Yaqin Sharq davlatlari (BAA,Quvayt,Ummon,)da joylashgan bo’lib, u joylardan eng yaxshi hodimlarni saralab olish imkoniyatiga ega. Bizning agentlik ish joylari bilan ta’minlash va O’zbekiston, Latvia, Litva, Chexiya, Polsha, Angliya, Germaniya, Niderlandiya, Gretsiya, BAA, Kipr,Turkiya va boshqa davlatlarda hodimlarni saralab olish xizmatlari bilan shug’ullanadi. Shuningdek, turar joytopishda ko’mak berish, ish joylari bilan ta’minlash va qonuniy ishlash uchun zarur bo’lgan hujjatlarni tayyorlash, transport va boshqa mehnat va bandlik bilan bog’liq xizmatlarniamalga oshiradi.
IMIR JOBS O’zbekiston, Yevropa ittifoqi va yaqin sharq davlatlarida ish izlovchilarga ish topishda yordam beradi, ish beruvchilarga esa ishchi kuchini taklif qiladi. Biz taklif qilayotgan har bir nomzod tegishli malaka, ish tajribasi va ishonchli tavsiyanomalarga ega.
Biz horijda va O'zbekistonda qonuniy bandlik uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlarni tayyorlab beramiz, zarurati bo’lsa, hujjatlarni tarjima qilib notarial idora orqali tasdiqlatib beramiz. Biz turli sohalardagi mavsumiy va doimiy ish o’rinlariga hodimlarni saralab olamiz.
Bizning polyglot mutahassislarimiz Latviyada hamda horijda mavjud bo’lib, ular sizni ish qoidalari bilan tanishtiradi va hatto, agar zarur bo’lsa, bandlik shartnomasi tugaguncha sizni yo’naltirib turishadi.
Ish beruvchining davlat ixudududagi ko’p tillarda muloqot qiluvchi hodimlarimiz, xorijga kelgandan so’ng hodimlarni tegishli korxonalardagi ish jarayoni, ishlash qoidalari bilan tanishtirish, zarurati bo’lsa butun mehnat shartnomasining amal qilish davrida yo’l-yo’riq ko’rsatadilar.
Chet el va O’zbekistonda ish va kadrlar sohasida biz kuchli va malakali bilim va tajribaga egasimiz. Biz "chet elda ish joylari" va "chet elliklarni O’zbekistonda ish bilan ta’minlash” borasida professionalmiz. Professionallarga murojaat qiling, chunki "chet elda ishlash" va "O’zbekistonda ishlash" borasida ishonchli va xavfsiz hamkorlarni tanlash muhim omil hisoblanadi. Bizning tajribali hodimlarimiz xar kuni 10ga yaqin nomzodlar bilan suxbat o’tkazadilar, bizning ma'lumotlar bazamizda 5000ga yaqin nomzodlar mavjud.
Agentligimizning ustuvor yo’nalishlari:
- Xaqgo’ylik- biz ish izlovchilarga nisbatan xaqgo’ymiz;
- Tezlik - nisbatan qisqa fursat ichida ishga joylashtiramiz;
- Qo’llab-quvvatlash-mehnatga joylashtirish va undan keyingi davr mobaynida qo’llab-quvvatlaymiz.
To’g’ri nomzodni topish - oson!
To’g’ri ish beruvchini topish - qulay!